1

Shavkat Mirziyoev 61 yoshni qarshi oldi

Siyosat 24.07.2018, 10:12
Shavkat Mirziyoev 61 yoshni qarshi oldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun, 24 iyul kuni 61 yoshni qarshiladi.

O`zbek halqi ijtimoiy tarmoqlar orqali davlat rahbari nomiga tabriklar yo`llamoqda.

Shavkat Miromonovich Mirziyoev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug`ilgan. 1981 yili Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dosent.

Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o`qituvchi, dosent, o`quv ishlari bo`yicha prorektor lavozimlarida ishladi.

1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko`rsatdi.

1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996—2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001—2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlagan.

1995—2003 yillarda Oliy Majlis deputati bo`lgan. Shavkat Mirziyoev 2003 yilda O`zbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.

2016 yil 8 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida O`zbekiston Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha Shavkat Mirziyoev zimmasiga yuklandi. 2016 yil 4 dekabr kuni bo`lib o`tgan Prezident saylovi yakunlari bo`yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O`zbekiston Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrda rasman o`z vazifasini bajarishga kirishdi.

Shavkat Mirziyoev oilali, ikki qiz, bir o`g`li, besh nafar nabirasi bor. Rafiqasi Ziroat Mirziyoeva – mutaxassisligi bo`yicha muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1