1

25 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

Jamiyat 24.07.2018, 14:05
25 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 25 iyul kuni Toshkentda havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 19-21, kunduzi 34-36 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. G`arbdan esayotgan shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha etishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1