1

“Million” jamoasi Mirjalol Qosimovdan kechirim so`radi

Sport 08.09.2014, 10:29
“Million” jamoasi Mirjalol Qosimovdan kechirim so`radi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvidan oldin o`tkazilgan matbuot anjumanida  “Million” jamoasi  terma jamoa bosh murabbiyi to`g`risidagi hazili uchun kechirim so`rashganini aytib o`tdi. Bu haqda Championat.Asia sayti xabar bermoqda.

“Men “Million” guruhining taqlidini to`g`ri qabul qilaman, chunki odamlarni kuldirish ularning ishi".

"Yaqinda bir tadbirda o`sha guruh yigitlari bilan ko`rishib qoldik va ular mendan kechirim so`rashdi. Shuni aytishim mumkinki, futbolda nima ish qilayotgan bo`lsam, hech qachon uyalmaganman. Qolaversa, sening ortingdan gapirishyaptimi, demak sen ulardan bir qadam oldindasan degan gapga amal qilaman". 

"Men bu kabi holatlardan bir qadam oldinda bo`lishga harakat qilaman. Balki, faoliyatim jarayonida qaerdadir xatoga yo`l qo`yayotgan, nimanidir o`xshata olmayotgan bo`lishim mumkin, lekin har doim o`z ishimni sidqidildan bajarishga intilganman. Qiziqchilar esa kimlarni taqlid qilmaydi deysiz. Kuldirish ularning tirikchiligi, ular ham oilasini boqishi kerak”,- dedi Mirjalol Qosimov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1