1

Putin Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

Siyosat 24.07.2018, 15:15
Putin Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin telefon orqali Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni munosabati bilan tabrikladi va samimiy tilaklarini bildirdi.

Muloqot chog`ida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ham Rossiyada o`tgan futbol bo`yicha Jahon chempionati musoboqasi a`lo darajada o`tkazilganini e`tirof etdi.

Shuningdek, ikki mamlakat rahbarlari 2018 yilning kuz faslida O`zbekistonda bo`lib o`tadigan uchrashuv oldi fikrlari bilan o`rtoqlashishdi hamda muhim masalalarni muhokama qilishdi.

Kreml matbuot xizmati xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, bundan tashqari muhim mavzular borasida ham suhbatlashishgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1