1

Qirg`iziston prezidenti Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

Siyosat 24.07.2018, 16:27
Qirg`iziston prezidenti Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi

Qirg`iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 24 iyul kuni telefon orqali muloqotda O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevni tug`ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Qirg`iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Sooronbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoevning professionalligi, boy boshqaruv tajribasi va mavjud muammolarni hal qilishga konstruktiv yondashuvi O`zbekiston Respublikasining yanada gullab-yashnashiga hamda uning xalqaro maydondagi obro`-e`tiborini mustahkamlashga xizmat qilishini ta`kidladi.

“Qirg`iziston va O`zbekiston o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo`shgan shaxsiy hissangiz mamlakatimizda yuksak qadrlanadi”, - dedi Sooronbay Jeenbekov.

Qirg`iziston prezidenti do`stlik va o`zaro hurmatga asoslangan qirg`iz-o`zbek munosabatlari bundan keyin ham ikki mamlakat o`rtasida ahil qo`shnichilikni mustahkamlash va o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilishini ta`kidladi.

U shuningdek, qardosh O`zbekistonda yozuvchi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligi keng nishonlanayotganini minnatdorlik bilan e`tirof etdi.

Sooronbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoevga mustahkamlik sog`lik va mas`uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1