AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk marta davlat xizmatchisi mas`uliyatsizligi uchun salkam 1 million so`m jarima to`ladi

'O`zbekistonda ilk marta davlat xizmatchisi mas`uliyatsizligi uchun salkam 1 million so`m jarima to`ladi'ning rasmi

Davlat xizmatlari ko`rsatish organlariga murojaat qilgan shaxslar ko`pincha o`zlariga ko`rsatilgan xizmatdan mamnun bo`lmaydi.

Odamlar navbat poylab, bir idoraning kursisida o`tirgan xodim oldiga kirar ekan, uning og`ziga qarab, cho`chib turadi. Bu vaziyat ko`pchiligimizning boshimizdan o`tgan. Ana shunday holatlarning oldini olish uchun 2018 yil 23 iyul kuni O`zbekiston Respublikasining “Ba`zi davlat organlari va tashkilotlarning faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonuni qabul qilindi.

O`zA muxbirining davlat xizmatlari agentligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo`limidan olgan ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 27 iyul kunida mazkur qonunni buzgan davlat xodimiga jarima belgilangan.

Shayxontohur tumani hokimligi mas`ul xodimi davlat xizmatlari ko`rsatish tartibini buzganlik uchun ilk marotaba O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ma`muriy jarimaga tortildi. Unga ko`ra, Shayxontohur tumani hokimligi mas`ul xodimi eng kam oylik ish haqining besh baravari, ya`ni 921 500 so`m miqdorida jarima to`ladi.

Endilikda davlat xizmatlari xodimlarining fuqarolar oldidagi mas`uliyatlari ortadi, deb umid qilamiz.

    Boshqa yangiliklar