1

Mixael Shumaxer davolanishni uy sharoitida davom ettiradi

Sport 10.09.2014, 14:52
Mixael Shumaxer davolanishni uy sharoitida davom ettiradi

Joriy 2014 yilning iyun oyida biz Mixael Shumaxerning ahvoli yaxshilangani va boshqa klinikaga joylashtirilgani haqida ma`lumot bergan edik. Ayni vaqtda esa, “Formula-1” poygachisi, etti karra jahon chempioni bo`lgan Mixael Shumaxerga shifokorlar klinikadan uyga ketishiga ruxsat berishganini, ammo u uy sharoitida davolanishni davom ettirishi lozimligini aytishgan. Bu haqda www.novoteka.ru nashri xabar beradi.

“O`tgan ikki hafta ichida u juda ko`p mashqlarni bajardi. Ammo oldinda uni yana uzoq va mashaqqatli yo`l kutmoqda. Biz klinika hodimlariga va shifokorlarini bergan mehr va yordamlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Shu bilan birga biz ommadan Shumaxerning oilasi va salomatligini xurmat qilishlarini so`ragan bo`lardik”, deydi sportchining matbuot kotibi Sabina Kem.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1