1

Mirjalol Qosimov Osiyo O`yinlarida ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini e`lon qildi

Sport 10.09.2014, 21:28
Mirjalol Qosimov Osiyo O`yinlarida ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini e`lon qildi

O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi  Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo`lib o`tadigan Osiyo O`yinlarida ishtirok etadigan terma jamoaning yakuniy tarkibni e`lon qildi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar beradi.

Turnir reglamentiga ko`ra, terma jamoalar 23 yoshgacha bo`lgan 20 nafar futbolchini zayavka qilish imkoniyatiga egalar. Shuningdek, har bir terma jamoa 3 nafar yoshi 23dan katta bo`lgan futbolchilar bilan musobaqada ishtirok etishlari mumkin. O`zbekiston terma jamoasi safida 3 nafar yoshi 23 yoshdan katta bo`lgan o`yinchilar bular: Islom To`xtaxo`jaev, Fozil Musaev ( ikkisi ham "Lokomotiv" ) va Vohid Shodiev ("Bunyodkor" ) bo`lishdi.

Ma`lumot o`rnida, Osiyo O`yinlarida ishtirok etadigan O`zbekiston terma jamoasi Incheonga 11 sentyabr kuni uchib ketadi.

Osiyo O`yinlari-2014 futbol musobaqasida ishtirok etadigan O`zbekiston terma jamoasi tarkibi:

Darvozabonlar: Eldor Suyunov ("Nasaf" ), Nikita Ribkin ("Paxtakor" )

Himoyachilar: Egor Krimes, Davron Xoshimov (ikkisi ham "Paxtakor" ), Bobur Yo`ldoshev, Islom To`xtaxo`jaev, Salim Mustafoev (ikkisi ham "Lokomotiv" ), Sherzod Fayziev ("Mash`al" ), Azamat Israilov ("Olmaliq" ).

Yarim himoyachilar: Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov (barchasi "Paxtakor" ) , Fozil Musaev ("Lokomotiv" ), Dilshod Jo`raev, ("Bunyodkor" ), Farrux Sayfiev ("Nasaf" ).

Hujumchilar: Igor Sergeev ("Paxtakor" ), Vohid Shodiev, Sardor Rashidov (ikkalasi "Bunyodkor" ), Shahzodbek Nurmatov ("Metallurg" ), Navruzbek Olimov ("Qizilqum" ). 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1