1

JCh-2022:Qatar musobaqani yilning istalgan mavsumida o`tkazishga tayyor

Sport 11.09.2014, 10:26
JCh-2022:Qatar musobaqani yilning istalgan mavsumida o`tkazishga tayyor

Qatar mamlakati 2022 yilgi futbol bo`yicha jahon chempionatini yilning istalgan mavsumida o`tkazishga tayyor.  Bu haqda Euronews xabar beradi.

8 sentyabr kuni mundialni o`tkazish uchun qulay vaqtni aniqlash vazifasi yuklatilgan FIFAning maxsus guruhi o`z ishini boshladi. Ular uch muddatni taklif qilishmoqda: yanvar-fevral, iyun-iyul hamda noyabr-dekabr. Ammo, FIFA prezidenti Yozef Blatter yoz mavsumida issiq havo sababli Qatarda umuman futbol o`ynab bo`lmasligini ma`lum qilgan.    

Qatar chempionati tashkiliy qo`mitasi vakili Nosir al-Xotirning aytishicha,  Qatar FIFA tanlagan mavsumda musobaqani o`tkazish uchun tayyor bo`ladi. “Faslning biz uchun farqi yo`q, har doim tayyor bo`lamiz. Eng asosiysi xalqaro tashkilot vakillari kelishib olishsa bo`ldi”,- deydi Qatar tashkiliy qo`mitasi vakili.

Evropa mamlakatlari mundialning qishda o`tkazilishi milliy chempionat va Evropa musobaqalarini bo`lib o`tishiga o`z ta`sirini ko`rsatishidan xavotirda. FIFA 2010 yili Qatar davlatiga jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini berdi. O`shanda uchrashuvlar kondisionerlarga ega bo`lgan, yopiq stadionlarda bo`lib o`tishi ko`zda tutilgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1