Gollivudning bir qator mashxur filmlaridagi mahoratli rollarni ijro etgan baxaybat aktyor Richard Kil 11 sentyabr kuni vafot etdi. Bu haqda www.news-ru.com nashri xabar beradi.
Bo`yi 2 metr18 santimetrni tashkil etuvchi aktyor 74 yoshni qarshi olgandi. Ma`lumotlarga ko`ra, Richard Kil Kaliforniya shtatidagi Muqaddas Agniya tibbiyot markazida davolnayotgandi. Aktyor aynan ushbu tibbiyot markazida olamdan o`tgan.
U ortiqcha vazndan aziyat chekardi. Bundan tashqari, uning organizmi muttasil ravishda bo`y o`stiruvchi garmon ishlab chiqargan. Albatta aktyor bunday holatda ishlashga qiynalardi.
Biroq shunday bo`lsada u 70 dan ortiq turli filmlarda ajoyib rollarni ijro etgan.





