1

Toshkentda “Kamolot-TUR” velomorofoni bo`lib o`tishi kutilmoqda

Sport 11.09.2014, 16:26
Toshkentda “Kamolot-TUR” velomorofoni bo`lib o`tishi kutilmoqda

2014 yilning 13 sentyabr kuni soat 10:00 da Toshkentda “Kamolot-tur” velomarafoni bo`lib o`tadi. Bu haqda www.uz24.uz nashri xabar bermoqda.

Velomarofon ishtirokchilari “Rohat” postidan “Kamolot-Yoshlik” kompleksigacha  bo`lgan masofani bosib o`tishadi. “Kamolot-TUR” VII velomarofoni 20 kilometrlik masofani tashkil etadi. Ushbu tadbirda estrada yulduzlari va mashxur sportchilar ishtirok etishadi. Shu bilan birga ushbu velomarofonda unda qatnashishni istagan har bir fuqaro qatnashishi mumkin.

Unda uch yosh toifasidagi 9-14 yosh, 15-17 yosh va 18-30 yoshgacha bo`lgan ishtirokchilar qatnashishlari mumkin. 2008 yildan beri o`tkazib kelinayotgan ushbu velomarofon O`zbeksitonning barcha viloyatlarida o`tkazildi.

13 sentyabr kuni o`tkaziladigan velomarofon esa yakunlovchi bosqich sanaladi. Tadbir “KAmolot” YoIH, O`zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi, O`zbekiston velosporti federasiyasi, Madaniyat va Sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi hamda O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1