AsosiyDunyo

Ebola virusi qurbonlari soni 2,4 ming kishiga etdi

Ebola virusi oqibatida vafot etganlar soni 2,4 ming kishidan ortdi. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Margaret Changa asoslanib, Reyter agentligi xabar bermoqda. 

“Ma`lumotlarga ko`ra, 12 sentyabrgacha 2,4 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 4784 kishi kasallandi”, - deyiladi JSST xabarida.

Qayd etilishcha, Ebola virusining G`arbiy Afrika bo`ylab tarqalishi davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar