AsosiyDunyo

Angliya shahzodasi Garri avtoxalokatga uchradi

Voqea 12 sentyabr kuni Elizaveta II ning nabirasi Garri polisiya kuzatuvi bilan Invictus Games musobaqasidan qaytayotgan vaqtda sodir bo`lgan, deya xabar beradi www.vesti.ru nashri.

Motosiklda katta tezlikda ketayotgan polisiya hodimi taksi avtomobili bilan to`qnashib ketgan. Antiterror havsizlik qoidalariga amal qilgan holda shahzoda Garri ketayotgan Range Rover avtomobili haydovchisi to`qnashuv joyidan bir necha yuz metr o`tib to`xtagan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 29 yoshli Garri shok holatiga tushgan. Motosikl haydovchisi shifoxonadan tez fursatda chiqarib yuborilgan, taksi haydovchisining ahvoli bir maromda yaxshi ekani aytilmloqda.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar