1

U-22. Navbatdagi Osiyo chempionati O`zbekistonda bo`lib o`tishi mumkin

Sport 12.09.2014, 18:50
U-22. Navbatdagi Osiyo chempionati O`zbekistonda bo`lib o`tishi mumkin

O`zbekiston futbol bo`yicha 22 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi 2016 yilgi Osiyo chempionatini o`tkazishga ariza topshirgan. Bu haqda O`FF rasmiy tvitteri xabar qilmoqda.

OFK Terma jamoalar musobaqalari bo`limi boshlig`i Goko Suminori, OAV va aloqalar bo`limi boshlig`i Chetan Kulkarni O`zbekistonga tashrif buyuradi va 22-24 sentyabr kunlari U22 Osiyo chempionati o`tkaziladigan stadionlar hamda mashg`ulotlar maydonlarini ko`zdan kechiradi.

U-22 Osiyo chempionati Toshkentdagi quyidagi stadionlarda o`tkazilishi mumkin:

1. “Bunyodkor” stadioni
2.  "Jar" stadioni
3. “Paxtakor” stadioni
4. Transport muhandislari instituti stadioni.

OFK delegasiyasi, shuningdek, delegasiyalar uchun taklif qilingan mehmonxonalar, transport, logistika va boshqa umumiy sharoitlar bilan tanishadi. 2016 yilgi 22 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati parallel ravishda Olimpiada o`yinlariga saralash vazifasini ham o`tab beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1