AsosiySport

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi

'Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun Milliy olimpiya qo`mitasida O`FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov milliy terma jamoamizning yangi murabbiyi bilan uchrashdi.

«Bizning xalqimiz juda ham futbolsevar. Siz milliy terma jamoamizni boshqarib borishingiz e`lon qilinganidan keyin, yurtimizdagi futbol muxlislari bu xabarni katta quvonch bilan kutib olishdi. Asosiy maqsadimiz oldimizda turgan katta musobaqalarda ijobiy natijalarga erishish, Tokio-2020 hamda Jahon chempionati — 2022 yo`llanmasini qo`lga kiritish. O`zbekiston futbol assosiasiyasi buning uchun Sizga barcha sharoitlarni yaratib beradi. Murabbiylar ishiga hech kim aralashishiga yo`l qo`yilmaydi. Barchamiz bir tanu bir jon bo`lib oldimizga qo`yilgan maqsadlarga erishamiz degan umiddaman», — dedi Umid Ahmadjonov.

O`z o`rnida, Ektor Kuper ham bu yo`lda bor kuch-g`ayratini ayamasligini bildirib o`tar ekan, aeroportdagi kutib olish marosimidan hayratda ekanini yashirib o`tirmadi.

Uchrashuv so`ngida Umid Ahmadjonov Ektor Kuperga uning nomi tushirilgan O`zbekiston milliy terma jamoasining ramziy libosi hamda esdalik sovg`alarini topshirdi.

    Boshqa yangiliklar