AsosiySport

Ektor Kuper: O`zbekistonga kelishimda davlat rahbarining ham hissasi bor

'Ektor Kuper: O`zbekistonga kelishimda davlat rahbarining ham hissasi bor'ning rasmi

Bugun, 6 avgust kuni O`zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan argentinalik mutaxassis Ektor Kuper ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Argentinalik mutaxassis terma jamoani boshqaruvini qo`lga olishga qadar bosib o`tilgan yo`l haqida gapirib o`tdi.

«Meni juda ajoyib tarzda kutib olishdi. O`zbekistonga kelganimdan juda ham xursandman. Bu erga kelib, terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlay boshlashimga nafaqat federasiya rahbariyati, balki bevosita davlat rahbarining ham hissasi bor deb bilaman», - deya Ektor Kuperning so`zlaridan iqtibos keltiradi "Xalq so`zi" nashri.

Bundan tashqari Ektor Kuper terma jamoadagi rejalari borasida gapira turib, birinchi navbatda ishni futbolchilar, umuman futbolga aloqador barcha kishilar, narsalar bilan tanishib olishni maqsad qilganini aytdi.

    Boshqa yangiliklar