Vazirlar mahkamasining 2014 yil 11 sentyabrda qabul qilgan qarori, “General Motors Uzbekistan” YoAJ seriyali, yangi modeldagi avtomobilni ishlab chiqarishni o`zlashtirishga qaratilgan. Bu haqda Norma.Uz sayti xabar beradi.
Ma`lum bo`lishicha, “Uzavtosanoat” AK “General Motors’da yangi T250 modelidagi avtomobillarni ishlab chiqarilishini tashkil qilish” loyihasini amalga oshirish uchun tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.
Hujjatda model nomi keltirilmagan. Ammo, internetdagi manbalarga ko`ra, T250 kuzovi chet el bozorlarida Chevrolet Aveo modeli uchun qo`llaniladi.