1

“Roma” va “SSKA” klublari muxlislari mushtlashishdi (FOTO)

Sport 18.09.2014, 10:42
“Roma” va “SSKA” klublari muxlislari mushtlashishdi (FOTO)

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasida bo`lib o`tgan, “Roma” – “SSKA” uchrashuvi davomida ikki klub muxlislari o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi. Uchrashuvda rimlik futbolchilar 5:1 hisobida g`alabaga erishdi.

ANSA agentligining xabar berishicha, ikki rossiyalik muxlis jarohatlandi va darhol shifoxonaga etkazildi. Ularga tibbiy yordam ko`rsatildi. Shifokorlarning so`zlariga ko`ra, jarohatlanganlarning birining qorniga pichoqdan zarba berilgan, ikkinchisining boshiga esa shisha idish bilan zarba berilgan.  Hozirda ikki muxlisning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda.

ITAR-TASS agentligining yozishicha, ikki jamoa muxlislari o`rtasida to`qnashuv uchrashuvdan oldin boshlangan. Polisiya xodimlari  ikki klub muxlislarini ajrata olishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1