AQShning Yelloustoun milliy parkida bir erkak bizon bilan duelga chiqdi, deb xabar bermoqda NBC News nashri.
55 yoshli Reymond Rinke yo`l o`rtasida mashinasidan tushib, bizonning jig`iga tega boshlagan. Bizon erkakka birnecha marta hujum qilib ko`rdi, ammo Rinke qochib qolishga muyassar bo`laverdi.
Shundan so`ng polisiya xodimlari Reymondning bu qilig`i uchun uni hibsga olishdi.






