AsosiyDunyo

Serra-Leoneda Ebola sababli uch kunlik karantin e`lon qilindi

2,5 ming kishining umriga zomin bo`lgan Ebola virusi tarqalishi munosabati bilan Serra-Leone hukumati 19 sentyabr kunidan boshlab uch kunlik karatin e`lon qildi.  Bu haqda Frans Press agentligi xabar beradi.

19 sentyabr kunidan boshlab,  virusni yuqtirib olmaslik uchun shifokor va milliy xavfsizlik xodimlaridan tashqari barchaga uydan chiqmaslik tavsiya etildi. Uch kunlik profilaktika davomida 30 mingga yaqin volenter   hududlardagi aholiga virus bilan kurashish yo`llari bo`yicha bir qator o`quv tadbirlarini o`tkazishadi.

Ebola virusining G`arbiy Afrika mamlakatlarida  tarqalishi davom etmoqda. Hozirda virus Liberiya, Serra-Leone, Gvineya, Nigeriya, Kongo Demokratik Respublikasi va Senegal mamlakatlarida qayd qilindi. Xabarda yozilishicha, virus bilan kasallanganlarning 53 foizi halok bo`lmoqda.  JSST ma`lumotlariga ko`ra, 2622 kishi virus qurboni bo`lishgan, 5335 kishi esa virus bilan kasallangan. 

    Boshqa yangiliklar