1

Osiyo o`yinlari shaharchasida O`zbekiston bayrog`i ko`tarildi

Sport 19.09.2014, 10:08
Osiyo o`yinlari shaharchasida O`zbekiston bayrog`i ko`tarildi

O`zbekiston sport delegasiyasi XVII Osiyo o`yinlarida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaning Incheon shahriga etib keldi. Bu haqda O`zA xabar beradi.

18 sentyabr kuni sport shaharchasining rasmiy, madaniy, tantanali tadbirlar o`tkaziladigan maydonida O`zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangrab, davlat bayrog`i ko`tarildi.  

Incheon shahridagi XVII Osiyo o`yinlarida qit`aning eng sara sportchilari 50 sport turi bo`yicha o`zaro bellashadi. O`zbekistonlik 300 nafarga yaqin sportchi boks, erkin va yunon-rum kurashi, dzyudo, og`ir atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, akademik eshkak eshish, slalom, engil atletika, suzish, sinxron suzish, suv polosi, badiiy va sport gimnastikasi, trampolin, o`q otish, tennis, taekvondo (WTF), velosport, futbol kabi sportning 32 turi bo`yicha mamlakatimiz sharafini himoya qiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1