Florida shtatidagi Bell nomli shaharchada dahshatli qotillik sodir etildi. 51 yoshli Don Spirit o`z qizi va 6 nabirasini otib o`ldirdi, bundan so`ng esa o`z joniga qasd qildi, deb yozadi Day.az nashri.
Aytish lozimki, ushbu fuqaro avval ham jinoiy ishlarda gumon qilingan, biroq uning bu qadar vahshiy ekani hech kimning hayoliga ham kelmagandi. Hozircha Don Spiritning o`z qizi va nabiralarini nima uchun o`ldirgani haqida hech qanday ma`lumot yo`q.





