Hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus” foydasiga o`zining ilk golini urdi, deya xabar bermoqda championat.com nashri.
33 yoshli portugaliyalik futbolchi turinliklarning ikkinchi jamoasi bilan bo`lib o`tgan matchning sakkizinchi daqiqasida “Yuventus” klubi tarkibida o`zining debyut golini kiritdi.
Ta`kidlash joizki, “Yuventus” an`anaviy ravishda mavsumga start berilishidan avval “Yuventus V” jamoasi bilan match o`tkazadi.
Eslatib o`tamiz, Ronaldu 2018 yilning 10 iyulida Madridning “Real” jamoasidan 100 mln. evro evaziga Turinning “Yuventus” jamoasiga o`tgan.
Forvardning yangi jamoa bilan shartnomasi to`rt yilga mo`ljallangan.






