Italiyada bir chumoli tarixda misli ko`rilmagan o`g`rilikni amalga oshirdi, deya xabar qildi Layf nashri.
Chumoli zargarlik do`koniga kirdi-da, sotuvchining burni tagidan bildirmasdan olmos toshini sudrab keta boshladi. Ammo chumoli bir metr ham yo`l bosmagandiki, uni payqab qolishdi va dalil-isbot sifatida uni suratgta tushirishdi.
Qimmatbaho toshning nimasi chumolining e`tiborini tortgani nomu`lumku-ya, lekin u voqea joyidan tezda g`oyib bo`ldi.






