G`arbiy Afrika davlatlarining birida Ebola virusining oldini olish guruhi vakillariga bo`lgan tajovuz oqibatida 8 kishi hayotdan ko`z yumgan. lenta.ru nashri bu haqda xabar beradi.
Ular orasida 3 nafar ommaviy axborot vositalari vakillari ham bo`lgan. Fojea guruh vakillari mahalliy aholiga Ebola virusi bilan zararlanishning oqibatlari haqida tushuntirayotgan vaqtda sodir bo`lgan. Ular vahshiylarcha o`ldirilgan.
Ayni damda ushbu qotillikni kim amalga oshirgani va bundan ko`zlangan maqsad aniqlanmagan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.





