1

Italiyada ko`prik buzilishi oqibatida avtomobillar daryoga quladi (Video)

Dunyo 15.08.2018, 07:44
Teglar: Video
Italiyada ko`prik buzilishi oqibatida avtomobillar daryoga quladi (Video)

Italiyaning Genuya shahri yaqinida avtomobillar harakatlanayotgan ko`prik qulab tushdi, deya xabar bermoqda Tvzvezda.ru nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, ko`prikning 100 metrcha qismi qulab tushgan va unda taxminan 20 tacha avtomobil harakatlanayotgan edi. Ularning bir nechtasi daryoga qulagan. Jabrlanganlar va qurbonlar soni o`ndan ortiq, deya taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga tez yordam, o`t o`chirish va milisiya xodimlari o`z vaqtida etib kelgan. Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari ko`prik osti va yaqinida savdo markazlari, sanoat omborlari hamda ayrim aholi uy-joylari bo`lgan.

Italiyaning shimoli-g`arbidagi Genuya shahri yaqinidagi ushbu Morandi ko`prigi 1962-1968 yilda Condotte kompaniyasi tomonidan qurilgan bo`lib, uzunligi 1,1 kilometrni tashkil etadi. Inshoot 2016 yilda qayta ta`mirlangan edi.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1