1

Britaniyada dunyodagi eng katta piyoz etishtirildi

Dunyo 19.09.2014, 16:37
Britaniyada dunyodagi eng katta piyoz etishtirildi

Britaniyalik bog`bon Toni Glover Lestersher qirolligida istiqomat qiladi. Ginnesning rekordlari kitobiga dunyodagi eng yirik piyoz sifatida kiritilgan ushbu sabzavotning og`irligi 8,5 kilogrammni tashkil qiladi. Bu haqda Day.az nashri xabar beradi.

Ushbu piyozni etishtirish uchun u bir yil ter to`kdi. Ko`zlangan maqsadga erishish uchun u issiqxonada belgilangan namlikni ushlashi, quyosh nurining o`rnini bosuvchi lampalarning yonib turishini, havoning azot bilan ta`minlashini nazorat qilishi lozim edi. Mashaqqatli mehnatdan so`ng u dunyodagi eng yirik piyozni etishtirgan bog`bon sifatida rekord o`rnatdi. 

Eslatib o`tamiz, dunyodagi eng yirik piyozni etishtirish rekordi 2012 yili Piter Gleyzbruk tomonidan o`rnatilgandi. U 8 kilogramm 200 grammlik piyozni etishtirgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1