1

Assanj Google’ni maxsus xizmatlarga foydalanuvchilarining ma`lumotlarini sotib yuborganlikda aybladi

Dunyo 20.09.2014, 11:42
Assanj Google’ni maxsus xizmatlarga foydalanuvchilarining ma`lumotlarini sotib yuborganlikda aybladi

WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj Britaniya OAVlariga bergan intervyusida Google kompaniyasini AQSh maxsus xizmati bilan hamkorlik qilishda aybladi. Assanjning fikricha, kompaniyaning faoliyati “ma`lumotlar to`plash”dan iborat.

Assanjning ma`lum qilishicha, Google kompaniyasi odamlar haqida ma`lumotlar yig`ishadi va maxsus xizmatlarga, reklama beruvchilarga sotib yuborishadi. “Google kompaniyasiga kelib tushayotgan mablag`larning 80 foizi foydalanuvchilar haqidagi ma`lumotlarni savdosidan tushadi.  Ularning muloyim logotipi ortida,  dunyo bo`ylab millionlab odamlarni nazorat qiluvchi katta mashina berkingan. Hozirda ushbu kompaniya dunyodagi eng obro`li tijorat tashkilotidir”,-deydi Assanj.

Eslatib o`tamiz, Assanj ikki yildan beri Londondagi Ekvador elchixonasida yashab turibdi. Assanj Britaniya hukumati uni Shvesiyaga yuborishidan xavfsiramoqda. U erda Assanj nomusga tegish ishi bo`yicha tergovdan o`tkaziladi. Assanjning advokatlari esa Shvesiya o`z navbatida uni AQSh hukumatiga topshirishini aytishmoqda. AQShda Assanj josuslikda ayblanmoqda va uni AQShda o`lim jazosiga hukm qilishlari mumkin.

WikiLeaks – xalqaro notijorat tashkilot bo`lib,  anonim manbalardan olingan maxfiy hujjatlarni chop etgan. Sayt 2006 yil ishga tushirilgan. Sayt faoliyatining birinchi yilida 1,2 milliondan ortiq maxfiy hujjatlarga ega bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1