1

Evro-2020 bo`lib o`tadigan shaharlar nomi ma`lum bo`ldi

Sport 20.09.2014, 11:49
Evro-2020 bo`lib o`tadigan shaharlar nomi ma`lum bo`ldi

Shveysariyaning Jeneva shahrida 19 sentyabr kuni Evro-2020 musobaqasi uchrashuvlari bo`lib o`tadigan 13 ta shahar nomi e`lon qilindi.  

UEFA  ijro qo`mitasining qaroriga ko`ra,  2020 yilgi Evropa chempionati uchrashuvlari Boku (Ozarbayjon), London (Angliya) Myunxen (Germaniya), Rim (Italiya), Sankt-Peterburg (Rossiya),  Budapesht (Vengriya), Bilbao (Ispaniya), Glazgo (Shotlandiya), Bryussel (Belgiya), Dublin (Irlandiya), Amsterdam (Gollandiya), Buxarest (Ruminiya), va Kopengagen (Daniya) shaharlarida bo`lib o`tadi.

¼ final uchrashuvlari Boku, Sankt-Peterburg, Myunxen va Rim shaharlarida o`tkaziladi. Musobaqaning yarim final va final uchrashuvi esa Londondagi “Uembli” stadionida bo`lib o`tadi.

Eslatib o`tamiz, 2012 yili UEFA ijro qo`mitasi Evropa chempionatini bitta yoki ikkita mamlakatda o`tkazishni o`rniga Evropaning bir qator shaharlarida o`tkazishga qaror qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1