1

2100 yil er aholisi soni 12 milliarddan ortishi mumkin

Dunyo 20.09.2014, 12:22
2100 yil er aholisi soni 12 milliarddan ortishi mumkin

Olimlar er sayyorasining demografik holati bo`yicha bashoratlarni ko`rib chiqishdi.

Vashington universiteti va BMTning maxsus tadqiqotlar natijalariga ko`ra, 80 foiz taxmin bilan, 2100 yilga kelib, er aholisining soni 9,6 dan 12,3 mlrd kishini tashkil qilishi mumkin, deb yozadi Science jurnali.  

Demograflarning aytishicha, aholi ko`payishining eng yuqori ko`rsatkichi Afrika qit`asida kutilmoqda. Asr oxiriga kelib, Afrika mamlakatlari aholisi to`rt barobar ortib, 4 milliard kishiga etishi mumkin. Osiyo mamlakatlarida esa 2050 yilga borib, 5 mlrd kishi istiqomat qilishi kutilmoqda. Evropa va Shimoliy Amerika qit`asida aholi soni unchalik o`zgarmasligi bashorat qilindi.

Bundan tashqari, tadqiqot natijalariga ko`ra, odamlarning mehnatga yaroqlilik yoshi ham pasayadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1