1

Mirabror Usmonovga Osiyo olimpiya kengashining eng oliy mukofoti topshirildi

Sport 20.09.2014, 12:37
Mirabror Usmonovga Osiyo olimpiya kengashining eng oliy mukofoti topshirildi

Incheon shahrida Osiyo olimpiya kengashining 33-Bosh Assambleyasi o`tkazildi. Unda O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Mirabror Usmanovga  Osiyo olimpiya kengashining eng oliy mukofoti topshirildi.

Assambleyada Xalqaro olimpiya qo`mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax, Osiyo olimpiya kengashi (OOK) rahbari Shayx Ahmad Al-Fahad Ac Saboh, shuningdek, Osiyo olimpiya kengashiga a`zo mamlakatlar milliy olimpiya qo`mitalari prezidentlari ishtirok etishdi. 

Marosim davomida dunyoda Olimpiya xarakati, olimpizm g`oyalarini eng faol targ`ib etish xarakatlarida eng faol ishtirok etayotganlarga Osiyo olimpiya qo`mitasining eng oliy mukofotlari topshirildi.  Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

“O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi Osiyoda olimpiya xarakatini eng faol qo`llab-quvvatlayotgan MOQ sifatida e`tirof etildi. Osiyo olimpiya kengashining oliy mukofotini Xalqaro olimpiya qo`mitasi prezidenti Tomas Bax hamda Osiyo olimpiya kengashi rahbari Ahmad Ac-Fahad Al Saboh O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Mirabror Usmanovga tantanali sur`atda topshirdilar”-deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1