AsosiyMadaniyat

O`zbekiston va Tojikiston san`at ustalari ishtirokida «Do`stlik oqshomi» nomli konsert boshlandi (onlayn)

'O`zbekiston va Tojikiston san`at ustalari ishtirokida «Do`stlik oqshomi» nomli konsert boshlandi (onlayn)'ning rasmi

Xabaringiz bor, mamlakatimizga davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kelgan.

Hozirda ikki davlat san`at ustalarining birgalikdagi konsert dasturi «O`zbekiston» Forumlar saroyida bo`lib o`tmoqda.

Tojikistonlik 170 nafar san`atkor «Do`stlik oqshomi» konsert dasturida ishtirok etish uchun O`zbekistonga keldi. Delegasiyaga Tojikiston madaniyat vaziri o`rinbosari Ibodullo Mashrab boshchilik qilmoqda.

Toshkentda tojik madaniyati va san`atini taniqli artistlar Davlatmand Xolov, Adham Xoliqov, Saidqul Bilolov, Taxmina Niyozova, Muhammadrafi Karomatullo hamda respublikaning turli viloyatlari raqs va estrada jamoalari namoyish etadi.

    Boshqa yangiliklar