1

Incheon-2014. Delegasiyamiz hisobi yana ikkita medalga boyidi

Sport 24.09.2014, 08:59
Incheon-2014. Delegasiyamiz hisobi yana ikkita medalga boyidi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilayotgan XVII yozgi Osiyo o`yinlarida 23 sentyabr kuni  mamlakatimiz vakillari tennis va dzyudo musobaqalarida bronza medallariga sazovor bo`ldilar.  Bu haqda  O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

23 sentyabr kuni O`zbekistonlik sportchilar Dzyudo bo`yicha jamoaviy musobaqalarda uchinchi o`rinni egallashdi.

Delegasiyamiz hisobiga navbatdagi bronza medalini tennis bo`yicha erkaklar o`rtasida o`tkazilgan jamoaviy bahslarda bahslarda qo`lga kiritildi. Denis Istomin, Farruh Do`stov, Sanjar Fayziev, Timur Ismoilovdan iborat terma jamoamiz yarim final bahslarida Qozog`iston terma jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdilar va Osiyo o`yinlarining bronza medali bilan taqdirlandilar.

To`rtinchi kungi musobaqalarning yakunlariga ko`ra O`zbekiston delegasiyasi hisobida 1 ta kumush va 6 ta bronza medali mavjud. Bugungi kunga kelib jami 24 davlat vakillariga sovrinli o`rinlarni band etish nasib etdi. O`zbekiston delegasiyasi ushbu ro`yxatda 18-o`rinda bormoqda.

24 sentyabr kuni mamlakatimiz sportchilari 11 sport turi bo`yicha musobaqalarda ishtirok etadilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1