Garchi rejissyor Kristofer Nolanning “Ibtido” filmi katta ekranlarga chiqarilganiga deyarli o`n yil bo`lgan esa-da, uning yakuni borasidagi bahslar hozirgacha davom etmoqda, deya ta`kidlamoqda Rambler nashri.
Lekin filmda bosh qahramon Dominik Kobbning otasi rolini o`ynagan aktyor Maykl Keyn film yakuni sirini ochishga ahd qilgan ko`rinadi.
“Film ssenariysini o`qib, avvaliga hech nimani tushunmadim va rejissyorga yuzlanib, qaerda tush tugab, qaerda reallik boshlanishini so`radim. U esa: “Sen ishtirok etgan kadrlarda reallik, sen bo`lmagan kadrlarda esa tush aks etgan”, deya javob qildi”, – deydi Keyn.
Kartina so`nggida bosh qahramon AQShga qaytadi. Uni otasi kutib oladi. Kobb nihoyat o`z farzandlari bilan uchrashadi. Ammo u o`z ko`zlariga ishonmay, pildiroqni aylantiradi. Shunday bo`lsa-da, tomoshabinlarga pildiroq to`xtaganini ko`rsatilmaydi. Agar Maykl Keynning so`zlaridan xulosa chiqaradigan bo`lsak, pildiroq to`xtagan va Kobb chindan ham bolalari bilan uchrashgan.






