Jenevada 80yoshni qarshilagan BMTning sobiq bosh kotibi Kofi Annan vafot etdi, deya xabar berdi Day.Az nashri.
Kofi Annan 1997 yili BMT Bosh kotibi etib tayinlangan va tashkilotni 10 yil davomida boshqarib kelgan. 2001 yili esa Tinchlik sohasidagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan. Bosh kotiblikdan so`ng esa BMTning Suriyadagi ixtiloflar echimi bo`yicha maxsus elchisi bo`lib faoliyat olib borgan.
Kofi Annan jamg`armasi tomonidan aytilishicha, diplomat rafiqasi Nana va farzandlari Ama, Kojo va Nina qurshovida uzoq davom etmagan kasallikdan so`ng qazo qilgan.






