AsosiyDunyo

AQSh tibbiyot fakulteti talabalari yangi o`quv yilidan boshlab bepul ta`lim oladilar

'AQSh tibbiyot fakulteti talabalari yangi o`quv yilidan boshlab bepul ta`lim oladilar 'ning rasmi

Yangi o`quv yilidan boshlab AQSh Nyu-York universitetining Tibbiyot fakulteti talabalari bepul ta`lim olishni boshlaydi, deya xabar bermoqda Fishki.net nashri.

2017 yilning tahlillariga ko`ra, tibbiyot fakultetining 70 foiz bitiruvchilari ta`lim olishlari uchun banklardan qarzdor bo`lishgan. Har bir qarzdor talabaning o`rtacha qarzi 180-190 ming dollarni tashkil etgan. Shu bois universitet ma`muriyati talabalar fanlarni qay darajada o`zlashtirishidan qat`iy nazar har bir talaba uchun 55 ming dollarlik stipendiyani joriy etishni boshladi.

Gap shundaki, talabalar ko`p haq to`lanadigan mutaxassisliklar – piediatriya yoki oilaviy tibbiy xizmatlarni tanlay boshlashgan. Shu bois talabalar pul haqida o`ylamasdan o`z kasblarini egallashlari uchun universitet ushbu chora-tadbirni ishlab chiqqan.

    Boshqa yangiliklar