1

Yo`lbars tomoshabinlar ko`z o`ngida hindistonlikni bo`laklarga bo`lib tashladi (FOTO)

Dunyo 24.09.2014, 11:14
Yo`lbars tomoshabinlar ko`z o`ngida hindistonlikni bo`laklarga bo`lib tashladi (FOTO)

Oq yo`lbars u saqlanadigan qafasga tushgan hindistonlik kishini bo`laklarga bo`lib tashladi. Ushbu dahshatli voqea Nyu-Delidagi hayvonot bog`ida sodir bo`ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar beradi.

Qayd etilishicha, yirtqich hayvonning qafasiga tushgan erkak kishi mast holatda bo`lgan. Guvohlarning aytishicha, 22 yoshli Maqsud hayvonot bog`i xodimlarining uni to`xtatish harakatlariga qaramay yo`lbars hududiga tushgan. Shundan so`ng, yo`lbars darhol Maqsudning bo`ynidan tishlab oldi. Keyingi 15 daqiqada esa butun hayvonot bog`i bo`ylab Maqsudning ovozi eshitilgan.  Guvohlar tosh va boshqa buyumlarni yo`lbars tomonga uloqtirishgan, ammo, yirtqich hayvon Maqsudni bo`laklarga bo`lib tashladi.  Bir necha soatlardan so`ng, hayvonot bog`i xodimlari uning jasadini olib chiqib ketishdi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1