1

Yolg`on xabar tarqatganligi uchun “Lokomotiv” klubi jarimaga tortildi

Sport 24.09.2014, 14:32
Yolg`on xabar tarqatganligi uchun “Lokomotiv” klubi jarimaga tortildi

«Lokomotiv» PFK o`z rasmiy saytida Oliy Liga 18-turi doirasidagi «Lokomotiv» – «Bunyodkor» (1:2) uchrashuvidan so`ng bosh hakam Valentin Kovalenko 4 o`yinga diskvalifikasiya qilingani haqidagi tekshirilmagan axborotni e`lon qilgani munosabati bilan intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar beradi.

“O`zbekiston Futbol Federasiyasi Tartib-intizom kodeksi (5-modda, 2-bo`lim, 5.37-bandi)ga asosan, «Lokomotiv» PFK 2 million so`m jarimaga tortildi va shunday holatlar yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`rilishi haqida ogohlantirildi”, - deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1