“Forsaj” filmidagi ishtiroki bilan barchaga mashhur bo`lgan amerikalik reper Ludacris Toshkentda suratga olingan videoni Facebook’dagi sahifasiga joyladi. Bu haqda RedPen nashri xabar beradi.
Videoda hassaga tayanib yurgan yigit Toshkent sirki yaqinidagi mashina yo`lidan yugurib o`tadi. Yo`ldan o`tishi bilanoq, u yana hassa yordamida harakat qilishda davom etdi.
Xabarda qayd qilinishicha, Ludacris feysbukdagi sahifasida deyarli har kuni kulgili va g`aroyib videolarni joylaydi.






