AsosiyDunyo

Chechenistonda polisiyachilarga hujum qilishdi (Video)

'Chechenistonda polisiyachilarga hujum qilishdi (Video)'ning rasmi

Checheniston Respublikasida polisiyachilarga noma`lum shaxslar hujum qildi, deya xabar bermoqda Ren.tv nashri.

Ushbu hujumlar uch joyda sodir bo`lgan. Shalinskiy Ichki ishlar bo`limida bir polisiyachiga pichoq bilan hujum qilishgan.

Mesker-Yurt qishlog`ida polisiyachilar yonida ryukzak taqqan kishi o`zini portlatib yuborgan. Polisiyachilar yoki oddiy fuqarolar jabrlanmagan.

Grozniyda esa bir haydovchi YPX xodimini bosib ketay degan. Polisiyachilar qurol ishlatishga majbur bo`lishgan.

Hozirda ushbu holatlar bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Boshqa yangiliklar