Eagles (“Burgutlar”) guruhining “Ularning 1971-1975 yillardagi buyuk xitlari” (Their Greatest Hits 1971-1975) albomi barcha zamonlarning eng ko`p sotiladigan albomiga aylandi, deb yozmoqda RIA Novosti nashri.
Bu borada Eaglesning albomi marhum Maykl Jeksonning “Triller” (Thriller) albomidan o`zib ketgan.
Eaglesning albomi 1976 yildan beri 38 million nusxada sotilgan.
Maykl Jeksonning “Triller”i esa 33 million nusxada sotilgan edi.






