1

Incheon-2014. O`zbekiston delegasiyasi hisobida medallar soni 10 taga etdi

Sport 25.09.2014, 10:07
Incheon-2014. O`zbekiston delegasiyasi hisobida medallar soni 10 taga etdi

24 sentyabr Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan XVII yozgi Osiyo o`yinlarida sovrindorlar safidan o`rin egallagan sportchilar orasidan uch nafar hamyurtimiz ham joy oldi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Sport gimnastikasi bo`yicha tayanib sakrash musobaqalarining hal qiluvchi final bahsida 14.750 ball jamg`argan Oksana Chusovitina delegasiyamiz hisobiga kumush medalni keltirdi.

Osiyo o`yinlarining yana bir kumush medalga esa konda bajariladigan mashqlarda Abdulla Azimov 14.866 ball jamg`arib sazovor bo`ldi.

Musobaqalarda delegasiyamiz hisobiga ettinchi bronza medalini og`ir atletikachimiz Ulug`bek Alimov (-85 kg) keltirdi.

24 sentyabr kungi musobaqalarning yakunlariga ko`ra delegasiyamiz hisobidagi medallar soni 10 taga etdi (3 ta kumush va 7 ta bronza) va hozirda hamyurtlarimiz umumjamoa hisobida 17-o`rinda borishmoqda. Jadvalni esa Xitoy delegasiyasi vakillari (59 ta oltin – 32 ta kumush – 27 ta bronza) boshqarib borishmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1