1

“Boko xaram” radikal guruhi etakchisi o`ldirildi

Dunyo 25.09.2014, 10:42
“Boko xaram” radikal guruhi etakchisi o`ldirildi

Nigeriyaning shimoliy-sharqiy qismida bo`lib o`tgan qurolli tuqnashuvlar davomida “Boko xaram” radikal guruhi etakchisi Abubakar Shekau o`ldirildi.  Bu haqda Nigeriya qurolli kuchlariga tayanib ITAR-TASS agentligi xabar beradi.

Abubakar Shekau ko`p yillar davomida mamlakat hukumati bilan qurolli jang olib borgan.  

Qayd qilinishicha, ushbu xabarni e`lon qilgan Nigeriya armiyasi vakili terrorchini aynan qaysi sanada o`ldirilganini ma`lum qilmagan. Shekauning o`ldirilishi haqidagi xabar yaqin yillar ichida 2 marotaba paydo bo`lgan, biroq, ushbu xabar ilk bor rasman armiya tomonidan e`lon qilindi.

So`nggi besh yil ichida Nigeriyada “Boko xaram” qurbonlari soni 10 ming kishini tashkil qiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1