Mel Gibsonning ozodlik uchun kurashgan sevimli qahramoni ortidan aktyor Kris Payn afsonaviy xalq qahramoni Uillyam Uollesning do`sti, Shotlandiya qiroli Robert Bryusning rolini ijro etdi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru nashri.
Rejissyor Devid Makkenzining “Qonundan tashqaridagi qirol” nomli tarixiy kinokartinasida Uillyam Uolles bilan elkama-elka turib Angliya mustabidlari uchun kurash olib borgan Robert Bryusning qahramonliklari haqida so`ylanadi.
Robert Bryus Shotlandiya ozodligi uchun suv va olovni kechib o`tadi, shafqatsiz janglarda qahramonliklar ko`rsatadi.
Filmda, shuningdek, Aaron Teylor-Jonson, Florens Pyu va Stiven Dilleyn ham ishtirok etgan.
Film 9 noyabrda katta ekranlarga chiqariladi.