AsosiyMadaniyat

O`zbekiston Xalqaro bolalar va o`smirlar teatrlari assosiasiyasi safiga rasman qabul qilindi

'O`zbekiston Xalqaro bolalar va o`smirlar teatrlari assosiasiyasi safiga rasman qabul qilindi'ning rasmi

O`zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri to`qson yillik tantanalarini nishonlash arafasida ASSITEJ – Xalqaro bolalar va o`smirlar teatrlari assosiasiyasi safiga rasman qabul qilindi.

Teatr qoshida ushbu tashkilotning Milliy markazi bo`lgan «ASSITEJ O`zbekiston» mahalliy teatrlarning chet el tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yishda va dunyo teatr olamida sodir bo`layotgan hodisalar haqida ma`lumot tarqatishda faol ishtirok etadi. ASSITEJ O`zbekiston, avvalambor, quyidagi yo`nalishlarda faoliyat olib borishni rejalashtirgan:

90 let TYuZ.jpg

● Yosh tomoshabinlar teatrlariga aholining e`tiborini jalb qilish va ommalashtirish, chet el dramaturgiyasi namunalarining tarjimasi va moslashtirilishini tashkil etish va mahalliy mualliflarning qobiliyatlarini yana ham ko`proq namoyish etish;

● Bolalarga yo`naltirilgan mahalliy teatrlar faoliyatiga chet ellik mutaxassislarni jalb etish;

● Yosh tomoshabinlar uchun faoliyat olib borayotgan teatr jamoalarining xalqaro loyihalar, festivallar va ijodiy safarlarda ishtirok etishlariga ko`maklashish;

● Yosh tomoshabinlar teatrlarining mahalliy va xalqaro festivallarini tashkil etish.

Ushbu maqsadlar yo`lidagi eng muhim tadbirlardan biri 2019 yilning fevral oyida ASSITEJ ASIA MEETING – tashkilotga a`zo Osiyo davlatlari mutaxassislarining Toshkentdagi uchrashuvidir. Ushbu tadbirda 30ta davlatdan 60dan ortiq mutaxassis ishtirok etilishi kutilmoqda. Ushrashuvning asosiy mavzusi bolalarga mo`ljallangan tomoshalar uchun yosh chegarasini aniqlash me`zonlarini ishlab chiqish va o`zaro hamkorlik hamda ijodiy safarlarni tashkil etish imkoniyatlari haqidadir. Bundan tashqari uchrashuv dasturiga mahalliy teatrlarning spektakllari namoyishi va tarixiy qadamjolarga sayohat ham kiritilgan.

Ma`lumot uchun:

ASSITEJ – (fr.) Association Internationale du Théâtre de l’Enfance et la Jeunesse – 1965 yilda tashkil etilgan xalqaro nodavlat tashkiloti bo`lib, o`z ijodini yosh, o`sib kelayotgan avlodga yo`naltirgan butun dunyodagi teatr arboblarini birlashtiradi.

ASSITEJning maqsadlari:

Teatr san`ati vositasida bolalar va o`smirlarni tarbiyalash va ularning rivojlanishiga zamin yaratish;

turli davlatlardagi teatr arboblari orasida g`oyalar va madaniy an`analarning ayrboshlanishini yo`lga qo`yish;

bolalar va o`smirlar teatrlari mutaxassislarining xalqaro hamkorligiga ko`maklashish.

Ushbu maqsadlar xalqaro doiradagi treninglar, ijodiy uchrashuvlar va namoyishlar, badiiy kengashlar, festivallar, yarmarkalar, ilimiy va amaliy konferensiya va seminarlar, vebinarlar va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar