1

Falastinlik aka-singil 14 yil o`tib, Hajda diydor ko`rishishdi

Dunyo 26.08.2018, 12:23
Falastinlik aka-singil 14 yil o`tib, Hajda diydor ko`rishishdi

Muso va Latifa ismli falastinlik aka va singil 14 yil avval taqdir taqazosi bilan ayrilishgan edi. Saudiya Arabistoni hukumatining tashabbusi bilan aka-singil joriy yilgi Haj mavsumida bir birlarini topishga muvaffaq bo`ldilar.

Saudiya podshohi hisobidan Haj amalini ado etishga kelgan musulmonlar orasida bo`lgan aka-singillarning biri Misrda, boshqasi esa Livanda yashab kelgan.

Latifaning aytishicha, akasini 14 yil avval ko`rgan va ular joriy yildagi Haj mavsumida ko`rishishganida akasi 32 yoshda bo`lgan. Biroq uning sochlariga oq tushganidan 32 yoshga o`xshamasligini aytgan. Bu haqda Saudi Gazette nashri xabar berdi, deb yozmoqda muslim.uz nashri.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1