AsosiyShou-biznes

Jorj Kluni va Amal Alamuddin: to`ygacha 1 kun qoldi

Gollivudning eng mashxur aktyorlaridan biri bo`lmish Jorj Kluni va advokat Amal Alamuddin yaqin kunlarda turmush qurmoqchi ekanliklari haqidagi yangilik internet nashrlari orqali doimiy ravishda ta`kidlab kelinmoqda.

Tahminlarga ko`ra, ularning to`y marosimlari ertaga, 27 sentyabr kuni Italiyaning Ca' Farsetti Palace saroyidagi Aman Canal Grand Venice Hotel mehmonxonasida bo`lib o`tadi, deya xabar beradi ru.hellomagazine.com nashri.

Ma`lumotlarga ko`ra, to`y marosimiga 60 nafar mehmonni taklif qilishgan. Ular ichida Sandra Balok, Bred Pitt va Anjelina Joli va boshqalar bor.

Eslatib o`tamiz, aktyor Jroj Kluni va Londonlik advokat Amal Alamuddin Malibudagi restoranlarning birida tanishishgan. 

    Boshqa yangiliklar