1

Incheon-2014. O`zbekiston terma jamoasi nimchorak finalda to`xtadi

Sport 27.09.2014, 09:27
Incheon-2014. O`zbekiston terma jamoasi nimchorak finalda to`xtadi

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o`tkazilayotgan XVII yozgi Osiyo o`yinlarida futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi (U-23) nimchorak finalda Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan to`qnash keldi.

Afsuski, terma jamoamiz ustunligida o`tgan uchrashuv saudiyalik futbolchilar g`alabasi bilan yakunlandi.  Uchrashuvning 17 daqiqasida raqib futbolchisi Raid Al Gamdi gol kiritdi. 45 daqiqada esa Jamshid Iskandarov hisobni tenglashtirdi. 53-daqiqada terma jamoamiz himoyachisi Bobur Yo`ldoshev o`z darvozasiga to`p kiritib qo`ydi.  Ushbu goldan keyin ham terma jamoamiz hisobni tenglashtirishga muvvafaq bo`ldi. 70 daqiqada “Bunyodkor” hujumchisi Vohid Shodiev hisobni 2:2 ga etkazdi. Ammo, yana so`nggi daqiqalarda gol o`tkazib yuborildi. 90 daqiqada Abdulaziz Al Bishi terma jamoamiz darvozasiga to`p kiritdi va o`z jamoasini chorak finalga olib chiqdi.

O`zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:3 
Gollar: Raid Al Gamdi (17), Jamshid Iskandarov (45), Bobur Yo`ldoshev (53-avtogol), Vohid Shodiev (70), Abdulaziz Al Bishi (90)

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1