1

Uch tomonlama sammit Tehronda o`tkazilishi mumkin

Dunyo 28.08.2018, 15:37
Uch tomonlama sammit Tehronda o`tkazilishi mumkin

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlarining sammitiga tayyorgarlik ko`rilayotganini ma`lum qildi. Bu haqda RIA "Novosti" xabar bermoqda.

Peskovning so`zlariga ko`ra, uch tomonlama sammit Tehronda o`tkazilishi mumkin.

"Barcha diplomatik aloqalarni ishga solgan holda, sammitga jiddiy tayyorgarlik ko`rilayapti. Natijalar haqida axborot beramiz", – degan Peskov.

Shuningdek, avvalroq Peskov sammitda Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo`g`onning yakama-yakka uchrashuvi haqida ham ma`lum qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1