1

Tojikistonlik fuqaro 11 yoshli qizchani it hujumidan qutqarib qoldi (video)

Dunyo 28.08.2018, 16:07
Tojikistonlik fuqaro 11 yoshli qizchani it hujumidan qutqarib qoldi (video)

Moskva viloyatining Istra shahrida besh yildan beri qurilishda ishlab kelayotgan tojikistonlik 41 yoshli Dilshod Tohirov kunlardan bir kuni bolakayni qutqarib qolaman, deb o`ylamagan edi.

22 avgust kuni kechqurun Istra tumanidagi kottej tipidagi posyolka hududida bolalarning yordam so`rab qichqirgani eshitildi. Ikki nafar qizaloq dugonalariga katta it hujum qilganini aytib baqirishardi.

Qo`shni uyda ishlayotgan Dilshod va uning yurtdoshlari bir soniya ham o`ylab o`tirmasdan qo`llariga tushgan narsani – belkurakni olib, qizcha tomon yugurdi. Ular dahshatli hodisani ko`rib qolishdi: bahaybat rotveyler 11 yoshli Nastyani bo`ynidan tishlab olgan va qo`yib yubormayotgan edi.

Migrant-quruvchilar qo`llaridan kelgan ishni bajarishdi: kimdir qon ketishini to`xtatmoqchi bo`ldi, boshqasi esa qizning bo`ynini bint bilan bog`ladi, uchinchisi esa qizchaning pulsini tekshirdi. Dilshod esa Nastyaning buvisini aytib kelishga chopib ketdi. Migrantlar tez yordam chaqirishdi, har bir daqiqani g`animat bilgan holda Nastyani katta yo`lgacha olib chiqishdi.

“Biz Dilshoddan minnatdormiz. Agar u bo`lmaganida… Operasiya uch soat davom etdi, so`ng anesteziolog chiqib, bugun Nastya ikkinchi bor tug`ilganini aytdi. Ko`ppakning o`tkir tishlari Nastyaning arteriyasiga etishiga bir bahya qolibdi, unda kech bo`lardi. Nabiram operasiyadan keyin o`ziga kelganidan so`ng, mendan “Buvi meni farishtalar qutqardimi?” deb so`radi. Men shuni aytamanki, Markaziy Osiyo xalqlari bolalar va ota-onalarini juda ham qadrlashadi. Dilshod bir soniya ham o`ylab o`tirmasdan qizchani qutqarishga shoshildi”, deydi Olga Aleksandrovna.

Najotkor Dilshod Tohirov – olti nafar farzandning otasi bo`lib, oilasi Tojikistonda yashaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1